Bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga o‘z munosabatimizni bildirgan holda quyidagilarni ma’lum qilamiz: avvalo
“Bunyodkor” futbol klubining bugungi kuni uchun qayg‘urayotgan
OAV xodimlari,
muxlislar,
bloggerlarga minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Klubimiz iqtisodiy tomondan qiyin kunlarni boshidan o‘tkazayotgani rost. Ammo o‘zining ajoyib
tarixi, katta
infrastrukturasi,
ikki yulduzli akademiyasiga ega klubimiz vaziyatdan chiqish uchun jiddiy ish olib bormoqda.
Xususan, davlatimiz rahbarining qarori bilan hukumatimiz tomonidan
2026-yil davomida ajratilishi lozim bo‘lgan
35 milliard so‘mning ikkinchi
10 milliard qismini klub hisob raqamiga yo‘naltirishni tezlashtirish, qolaversa,
klubga homiy biriktirish masalalari bo‘yicha ishlar jadallashgan. Jamoamiz ishqibozlarini xotirjam qilgan holda shunga umid qilamizki, davlatimiz rahbari yurtimizda futbolga juda katta e’tibor qaratayotgan bir davrda
“Bunyodkor” futbol klubidagi vaziyat hukumatimiz tomonidan e’tiborsiz qoldirilmaydi.
@fcBunyodkorOfficial -
yangiliklarni rasmiy sahifada kuzatib boring!