M
Markaziy saylov komissiyasi
@electionsuz
30.10.2025 15:04
#saylovatamalari

Saylov atamalari

Ovoz berish byulleteni – konstitutsiyaviy ahamiyatga ega, saylovchining ovozini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Saylov byulleteni saylovchining xohish-istagini ifodalash vositasidir. Qonunchilik palatasi deputatlari sayloviga doir saylov byulletenining shakli va matni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashi sayloviga doir saylov byulletenining shakli va matni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan namunaga muvofiq hududiy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi sayloviga doir saylov byulletenining shakli va matni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan namunaga muvofiq tegishli tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.


Saylov.uz | Telegram | Facebook* | Instagram* | X | Ok.ru | YouTube
1 2.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram