M
Markaziy saylov komissiyasi
@electionsuz
15.04.2026 15:47
🇺🇿 🇭🇺 MSK delegatsiyasining xalqaro kuzatuv dasturidagi ishtiroki

12-aprel kuni Vengriyada mamlakatning Davlat majlisi – bir palatali parlamentiga saylovlar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston MSK delegatsiyasi rais o‘rinbosari B. Kuchkarov boshchiligida parlament saylovlari xalqaro kuzatuv dasturida ishtirok etdi.

Batafsil:
Oʻzbek (lotin) | Ўзбек (кирилл) | Русский

Saylov.uz | Telegram | Facebook* | Instagram* | X | Ok.ru | YouTube
6 1.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
M
Markaziy saylov komissiyasi
@electionsuz
20.03.2026 09:01
🌷 AYYOMLARINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

Barcha yurtdoshlarimizni shu kunlarda keng nishonlanayotgan Ramazon hayiti va Navro‘z ayyomi bilan samimiy tabriklaymiz.

Ramazon hayiti – ulug‘ bayram. Shuning uchun bunday ulug‘ ayyom kunlari yaqinlarimizni yo‘qlab, ularning holidan xabar olish, yoshi ulug‘larni ziyorat qilish, muhtojlarga mehr-muruvvat ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir.

Mehr-muruvvat va sadaqaning esa katta-kichigi bo‘lmaydi. Tabarruk kitoblarimizda yozilganidek:  “Birodaringning yuziga tabassum bilan qarashing sadaqadir, yaxshilikka buyurishing sadaqadir, yomonlikdan qaytarishing sadaqadir, yo‘ldan adashgan kishini to‘g‘ri yo‘lga solib qo‘yishing sadaqadir, ko‘zi ojiz kishiga yordam berishing sadaqadir, yo‘l ustida yotgan tosh, tikan yoki suyakni olib tashlashing sadaqadir, chelagingdagi suvdan birodaringning chelagiga quyib berishing sadaqadir”.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev  o‘zining "Vatan va xalq haqida o‘ylar" kitobida alohida ta’kidlaganlaridek, “Hayot bor ekan, jaholat ham, ma’naviy tahdidlar ham bo‘lishi tabiiy. Ammo eng xatarlisi - yurt kelajagiga loqaydlik, ezgu qadriyatlarga nisbatan beparvolikdir”.

Rahmat va mag‘firat nurlari yog‘iladigan ushbu saodatli kunlarda yurtdoshlarimizning Vatanmiz kelajagiga daxldorlik tuyg‘usi yanada mustahkamlanib, ezgu qadriyatlarga e’tibori yanada oshmoqda.

Kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga moddiy va ma’naviy yordamlar ko‘rsatilayotgani, el-yurtimizning tinchligi, baxti va kelajagi uchun duoyi fotihalar qilinayotgani ushbu ayyomlarning fayzu tarovatini yanada oshirmoqda.

Donishmand xalqimiz topib aytganidek, yilning qanday kelishi bahoridan bilinadi. O‘tayotgan kunlarga razm solsak, joriy yilimiz ham xayrli va barokatli bo‘ladi. Yomg‘irli va oftobli kunlarning mutanosib ravishda yonma-yon kelayotgani yurtdoshlarimizning bayramona kayfiyatiga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishlamoqda.

Xalqimiz bahor shodiyonalarini bu yil “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” degan ezgu g‘oya asosida ko‘tarinki ruh va ezgu orzular bilan keng nishonlamoqda.

Zero, Navro‘z yurtdoshlarimizni bugungi tinch va osuda hayotimizni qadrlab, shukronalik tuyg‘usi bilan yashashga undaydigan, jamiyatda inson qadrini yanada yuksaltirishga xizmat qiladigan suyukli bayramdir.

Ushbu muborak kunlarda Yaratgandan, eng avvalo, el-yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, qut-baraka, mustahkam sihat-salomatlik, barchangizga oilaviy baxt, uzoq umr, o‘qish va ishlaringizga ravnaq ato etishini tilaymiz. 


Ayyomlaringiz muborak bo‘lsin!


Markaziy saylov komissiyasi

Saylov.uz | Telegram | Facebook* | Instagram* | X | Ok.ru | YouTube
6 2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
M
Markaziy saylov komissiyasi
@electionsuz
16.03.2026 17:08
🇺🇿 🇰🇿 O‘zbekiston delegatsiyasi Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan konstitutsiyaviy referendum jarayonlari kuzatuvida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Z. Nizamxodjayev boshchiligidagi delegatsiya 2026-yilning 15-mart kuni bo‘lib o‘tgan Qozog‘iston Respublikasi yangi Konstitutsiyasi loyihasi bo‘yicha respublika referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini xalqaro kuzatuv dasturida ishtirok etdi.

Batafsil:
Oʻzbek (lotin) | Ўзбек (кирилл) | Русский

Saylov.uz | Telegram | Facebook* | Instagram* | X | Ok.ru | YouTube
7 1.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
M
Markaziy saylov komissiyasi
@electionsuz
08.03.2026 09:01
BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

Muhtarama onaxonlar!
Qadrli opa-singillar!

Sizlarni go‘zal va betakror Vatanimizga bahor nafasi kirib kelgan ushbu farahli kunlarda ezgulik, go‘zallik va oilaviy qadriyatlar bayrami 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin dildan, samimiy muborakbod etishdan g‘oyat mamnunmiz!

Bu bayram buvilarimizga, onalarimizga, opa-singillarimizga, qizlarimizga mehr-muruvvatimizni yanada oshiradigan, ularning sha’niga eng samimiy va ezgu tilaklarimizni, chuqur hurmat-ehtiromimizni izhor etadigan quvonchli ayyomdir.

Ushbu bayramning Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yilida ramazon oyiga to‘g‘ri kelgani uning qadrini yanada oshiradi. Ana shu muqaddas oy —  Ramazoni sharif ham barchamizga muborak bo‘lsin.

Bugungi kunda hurmatli ayollarimiz barcha soha va tarmoqlarda, jumladan, milliy saylov tizimda Vatanimizning jadal taraqqiyoti uchun munosib hissa qo‘shayotganini minnatdorlik bilan ta’kidlaymiz.

Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini, xususan saylov huquqini ta’minlash borasida olib borilayotgan izchil ishlar xalqaro hamjamiyat tomonidan keng e’tirof etilgan.

Jumladan, Parlamentlararo ittifoqning yaqinda Jenevada bo‘lib o‘tgan 151-sessiyasida O‘zbekiston parlamentlarning quyi palatalarida xotin-qizlar faolligi bo‘yicha dunyoda 15-o‘rinni egallagani qayd etildi. 

Ushbu raqamlar zamirida davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash avvalo aziz va mukarrama ayollarimizni ulug‘lashdan boshlanadi degan ezgu tamoyil asosida xotin-qizlarning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy faolligini oshirish, huquq va manfaatlarini ta’minlash, gender tenglikni qaror toptirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli buyuk islohotlarning ulkan samaralari mujassamdir.

Muhtarama onaxonlar, qadrli opa-singillar!

Barchangizga avvalo, mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt va uzoq umr tilaymiz. Hayotingizdan, xonadoningizdan hech qachon fayzu baraka arimasin. Go‘zal Vatanimizning ravnaqi yo‘lidagi xayrli ishlaringizda hamisha yuksak muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!    


O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasi jamoasi


Saylov.uz | Telegram | Facebook* | Instagram* | X | Ok.ru | YouTube
5 2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
M
Markaziy saylov komissiyasi
@electionsuz
20.02.2026 19:46
🇺🇿 Markaziy saylov komissiyasi vakillari xalqaro forumda ishtirok etdilar

Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z. Nizamxodjayev boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 18-20-fevral kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan “Saylov va referendum institutiga ishonchni shakllantirish: xalqaro kuzatuvning roli” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasidagi tadbirlar dasturida onlayn formatda ishtirok etdi.

Batafsil:
Oʻzbek (lotin) | Ўзбек (кирилл) | Русский

Saylov.uz | Telegram | Facebook* | Instagram* | X | Ok.ru | YouTube
4 2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
M
Markaziy saylov komissiyasi
@electionsuz
13.02.2026 16:20
🇺🇿 🇧🇩 O‘zbekiston Respublikasi MSK delegatsiyasi Bangladesh Xalq Respublikasida o‘tkazilgan parlament saylovlari va referendumda kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi

Bangladesh Xalq Respublikasi Saylov komissiyasining taklifiga ko‘ra, MSK raisi o‘rinbosari B. Kuchkarov boshchiligidagi delegatsiyasi 2026-yilning 12-fevral kuni bo‘lib o‘tgan muddatidan ilgari parlament saylovlari hamda konstitutsiyaviy referendumida xalqaro kuzatuvida ishtirok etdi.

Batafsil:
Oʻzbek (lotin) | Ўзбек (кирилл) | Русский

Saylov.uz | Telegram | Facebook* | Instagram* | X | Ok.ru | YouTube
9 1.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram