SAVOL:Saylov jarayonini boshqarishning axborot tizimi (SJBAT)ning vazifalari nimadan iborat?
JAVOB:
Quyidagilar SJBATning asosiy vazifalari hisoblanadi:
– idoraviy axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalash orqali Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini (SYER) shakllantirish jarayonini avtomatlashtirish;
– SYER tuzatish kiritish imkoniyati bilan saylov uchastkalari bo‘yicha saylovchi fuqarolarni taqsimlash vositalarini taqdim etish;
– saylovchi fuqarolarga o‘z saylov uchastkalariga oid axborotlar bilan tanishishga va saylov uchastkasini o‘zgartirishga so‘rovnoma yuborish imkonini berish;
– SYERda saqlanadigan ma’lumotlardan foydalanuvchilarning foydalanish va saylov uchastkalari bo‘yicha ro‘yxatlarga tuzatish kiritish huquqlarini taqsimlash;
– SYERdagi ma’lumotlarni saylov uchastkalari chegaralari doirasida avtomatik ravishda taqsimlash.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram