avatar
Edu.uz
@eduuz
вчера, 07:09
G‘ijduvonda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

G‘ijduvon tumanida Buxoro davlat texnika universiteti olimlari tomonidan 191 ta ijtimoiy obyekt va 10 ta sanoat korxonasi hamda suv, melioratsiya va elektr energetika tizimlarining energiya samaradorligi tahlil qilinmoqda.

O‘rganishlar davomida quyosh panellari va geliokollektorlar salohiyati baholanib, energiya sarfini kamaytirish, nasos va transformatorlar ishini optimallashtirish hamda energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Ijtimoiy obyektlarda yiliga 8 430,17 MWh energiya tejash imkoniyati aniqlangan.

Tahlillar yakunida hududda energiya resurslaridan samarali foydalanish va energiya tejamkorligini oshirish bo‘yicha aniq amaliy tavsiyalar berilmoqda.


Batafsil
https://bstu.uz/news/53

👉 На русском
👉 In English

Facebook* | Instagram* | YouTube|Telegram
👍 1
🔥 1
333
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Edu.uz
@eduuz
вчера, 06:17
#Rasmiy_xabar #Kasbiy_taʼlim

2026/2027-o‘quv yili uchun kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) qabul boshlandi

Kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllariga abituriyentlarning hujjatlari Vazirlikning my.edu.uz platformasi orqali 2026-yil 10-avgustda 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

▪️Tibbiyot texnikumlariga kechki, dual ta’lim shakllari va xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha qabul jarayonlari ham Vazirlikning my.edu.uz platformasi orqali 2026-yil 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

▪️Tibbiyot texnikumlariga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha mahalliy ta’lim dasturlarida o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida, tegishli mutaxassislik va ta’lim tilini tanlagan holda tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tadilar.

▪️Boshqa texnikumlar (kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida) bo‘yicha kirish sinovlari yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi.

2026/2027-o‘quv yili uchun kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida 641 ta texnikumga jami 134 960 ta (shundan 61 550 ta davlat granti) qabul parametrlari tasdiqlangan. Shundan:

➖kunduzgi ta’limda – 87 700 ta (39 390 ta davlat granti),
➖kechki ta’limda – 4 440 ta,
➖dual ta’lim shaklida – 42 820 ta (22 160 ta davlat granti).

Texnikumlar ro‘yxati bilan kasbedu.uz sayti orqali tanishing.

Facebook* | Instagram* | YouTube | Telegram
5
👍 2
27 3.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Edu.uz
@eduuz
вчера, 05:14
#Ichki_turizm #Mustaqillik35

FarDU jamoasining Toshkent shahriga 3 kunlik sayohati yorqin lahzalarga boy oʻtdi

Fargʻona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov hamda universitet xodimlari kasaba uyushmasi raisi tashabbusi bilan oliygohning 50 nafar rahbariyati va professor-oʻqituvchilaridan iborat jamoasi 7–9-avgust kunlari Toshkent shahrida maroqli va mazmunli sayohatda boʻldilar.

Sayohat davomida jamoa:
“Gʻalaba bogʻi” majmuasida boʻlib, ajdodlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi;
“Crafers” zamonaviy shirinliklar fabrikasining ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi;
Islom sivilizatsiyasi markazida boʻlib, boy maʼnaviy-tarixiy merosimizdan bahramand boʻldi;
Magic City, Magic Aquarium hamda AYA Project immersiv shoularida boʻlib, zamonaviy koʻngilochar maskanlarda hordiq chiqardi.
3 kunlik sayohat jamoada koʻtarinki kayfiyat va yangi marralar sari katta gʻayrat bagʻishladi.


Sayohatning toʻliq qismi You Tube da

👉На русском
👉In English

Facebook* | Instagram* | YouTube | Telegram
👍 9
3
👏 2
🎉 2
1 6 5.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Edu.uz

161.5K
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram*.com/eduuzofficial
facebook*.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram