#Rasmiy_xabar #Kasbiy_taʼlim
2026/2027-o‘quv yili uchun kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) qabul boshlandi
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf)
boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha
kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllariga abituriyentlarning hujjatlari Vazirlikning
my.edu.uz platformasi orqali
2026-yil 10-avgustda 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
▪️Tibbiyot texnikumlariga
kechki, dual ta’lim shakllari va
xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha qabul jarayonlari ham Vazirlikning
my.edu.uz platformasi orqali
2026-yil 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
▪️Tibbiyot texnikumlariga
kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha
mahalliy ta’lim dasturlarida o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab
10 kun davomida,
tegishli mutaxassislik va ta’lim tilini tanlagan holda tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tadilar.
▪️Boshqa texnikumlar (kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida) bo‘yicha kirish sinovlari
yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi.
2026/2027-o‘quv yili uchun kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida
641 ta texnikumga jami
134 960 ta (shundan
61 550 ta davlat granti) qabul parametrlari tasdiqlangan. Shundan:
➖kunduzgi ta’limda –
87 700 ta (39 390 ta davlat granti),
➖kechki ta’limda –
4 440 ta,
➖dual ta’lim shaklida –
42 820 ta (22 160 ta davlat granti).
Texnikumlar ro‘yxati bilan kasbedu.uz sayti orqali tanishing.
Facebook* | Instagram* | YouTube | Telegram
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram