avatar
Edu.uz
@eduuz
15.07.2026 11:49
#soʻragan_edingiz #10Savolga_10Javob

❓ O‘qishni ko‘chirishda qaysi milliy va xalqaro sertifikatlar uchun tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi?


Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirishda quyidagi sertifikatlarga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi:

▪️Umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy sertifikatlar;
▪️
Chet tili bo‘yicha milliy sertifikatlar.;

✳️ Xalqaro sertifikatlar:

▪️ “A Level” (kimyo, matematika, biologiya, fizika fanlari)“B” va undan yuqori daraja;

Sertifikat darajasiga ko‘ra ball taqsimoti:

B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat uchun — tegishli fan bo‘yicha belgilangan maksimal ballning 75 foizi beriladi;

B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat uchun — tegishli fan bo‘yicha maksimal ball beriladi.

✔️ Chet tili sertifikatlari:

ingliz tili — ELTS, TOEFL iBT, Cambridge Exams, Linguaskill, iTEP;
nemis tili — TestDAF, DSD, Goethe-Zertifikat;
fransuz tili — DELF/DALF, Test de Connaissance du Français (TCF);
ispan tili — DELE, SIELE;
turk tili — TYS;
koreys tili — TOPIK II;
arab tili — AT Tanal Al Arabi;
xitoy tili — HSK.

‼️Muhim: Milliy sertifikatlar axborot tizimi orqali avtomatik aniqlanadi. Xalqaro sertifikatlar esa ariza topshirish jarayonida elektron shaklda yuklanadi.

Bizni kuzating

Facebook* | Instagram* | YouTube | Telegram
24
👍 5
4 546 164.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 4

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Edu.uz

161.5K
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram*.com/eduuzofficial
facebook*.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram