avatar
Edu.uz
@eduuz
06.04.2026 21:36
OʻzLiDeP fraksiyasida oliy taʼlim tizimini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

6-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi OʻzLiDeP fraksiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 3-aprel kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiya vazirligining tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti yuzasidan axboroti tingland
i.

Mazkur masala yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov axborot berdi. U oʻz chiqishida davlat rahbariga taqdim etilgan takliflar mazmun-mohiyati, ularning amaliy ahamiyati hamda tizimni tubdan yangilashga qaratilgan asosiy yoʻnalishlar haqida batafsil toʻxtaldi.

Soʻnggi yillarda oliy taʼlim qamrovini kengaytirish, taʼlim sifati va ilmiy salohiyatni oshirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar qayd etildi. Shu bilan birga, ilm-fanni iqtisodiyot bilan uzviy bogʻlash va taʼlim hamda tadqiqot integratsiyasini kuchaytirish dolzarb vazifa ekani taʼkidlandi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/150487

�� На русском
��
In English

Bizni kuzating

Facebook* | Instagram* | YouTube | Telegram
9
👍 7
🔥 2
9 9.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Edu.uz

123.8K
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram*.com/eduuzofficial
facebook*.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram