avatar
Edu.uz
@eduuz
06.04.2026 17:08
#so‘ragan_edingiz

SAVOL:Yangi tasdiqlangan nizomga ko‘ra, bakalavriat ta’limi kamida 3-yil etib belgilangani hamda sirtqi ta’lim shakli nazarda tutilgani barcha yo‘nalishlarda o‘qish muddati 3-yilga qisqartiriladi va sirtqi ta’lim qayta joriy etiladi, deganini anglatadimi?

✅ JAVOB:
Mazkur nizomda bakalavriat ta’limining kamida 3-yil etib belgilanishi — yangi tartib emas, balki amalda mavjud bo‘lgan normaning huquqiy jihatdan mustahkamlanishidir. Bu talab avval ham qonunchilikda nazarda tutilgan bo‘lib, bakalavriat bosqichi uchun eng minimal muddatni belgilaydi. Ayrim ta’lim yo‘nalishlarida, jumladan jismoniy madaniyat, texnologiya va musiqa ta’limi kabi sohalarda bu amaliyot allaqachon qo‘llanib kelinmoqda. Shu bois, ushbu norma barcha yo‘nalishlarda o‘qish muddati 3-yilga qisqartiriladi, degani emas.

Sirtqi ta’lim masalasiga kelsak, hozirgi kunda mazkur shakl bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar mavjud. Shu sababli, uni normativ hujjatda aks ettirish zarur hisoblanadi. Biroq bu holat sirtqi ta’lim shakli yangidan ochiladi yoki kengaytiriladi, degan ma’noni anglatmaydi.

�� На русском
��
In English

Bizni kuzating

Facebook* | Instagram* | YouTube | Telegram
👍 5
2
40 16K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Edu.uz

123.8K
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram*.com/eduuzofficial
facebook*.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram