avatar
Edu.uz
Переслано от Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
05.04.2026 11:31
Dissertatsiya himoyasi jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlayotgan ilmiy kengashlar faoliyati eʼtirof etilmoqda

Prezident Farmoni ijrosi doirasida ilmiy darajalar olish uchun o‘tkaziladigan dissertatsiya himoyasi jarayonlarini Internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatishda ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qatʼiy amal qilayotgan ilmiy kengashlar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan alohida eʼtirof etilmoqda.

Xususan, Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ilmiy kengashlar dissertatsiya himoyalarini translyatsiya qilishda nafaqat son ko‘rsatkichlariga, balki jarayonlarning jamoatchilik uchun qulay va sifatli tarzda taqdim etilishiga ham alohida eʼtibor qaratmoqda.

Mazkur faoliyatni ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida samarali yo‘lga qo‘ygani uchun ushbu ilmiy kengashlar Agentlik direktorining Tashakkurnomasi bilan taqdirland
i.

Agentlik tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan ma’lumotlarni Internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatish bo‘yicha majburiyatlar bajarilishini monitoring qilish ishlari muntazam davom ettiriladi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook*|Telegram |YouTube|Instagram*|Twitter|Veb-sayt
8
30 6.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Edu.uz

123.8K
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram*.com/eduuzofficial
facebook*.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram