avatar
Edu.uz
@eduuz
04.04.2026 15:33
#bolalar_uchun

“Impuls” filmini suratga olish ishlari boshlandi

Yosh avlodning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning zamonaviy ilm-fanga boʻlgan qiziqishini ragʻbatlantirish maqsadida “Impuls” nomli yangi badiiy filmni suratga olish ishlari boshlandi.

Mazkur loyiha Bolalar kontentini rivojlantirish markazi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Film robototexnikaga qiziquvchi iqtidorli bolalar hayoti, ularning orzu-intilishlari va izlanishlari haqida hikoya qiladi.

“Impuls” yoshlarni ilm-fanga, ayniqsa, robototexnika va innovatsion texnologiyalarga qiziqtirishga qaratilgan motivatsion loyiha sifatida ahamiyatga ega. Unda zamonaviy bilim va kreativ fikrlash orqali katta natijalarga erishish mumkinligi yorqin misollar orqali ochib ber
iladi.

Film rejissyori — Sardor Faxriddinov. Suratga olish ishlari “Art film makers” studiyasi tomonidan olib borilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook* | Instagram* | YouTube | Telegram
🔥 2
7 6.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Edu.uz

123.8K
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram*.com/eduuzofficial
facebook*.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram