avatar
Edu.uz
@eduuz
03.04.2026 17:42
Edu.uz Фото: #Qonunchilik_yangiliklari ️Qishloq va suv xo‘jaligi muhandislarini tayyorlash tizimi takomillashtiriladi “Qishloq va suv xo‘jaligi muhandislarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–122-son, 02.04.2026 y.) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-maydan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida o‘qish quyidagi shakllarda tashkil etiladi: dual ta’lim asosida 6 oy muddatga nazariy ta’limdan ajralgan va joyiga chiqqan holda tashkil etiladigan malakaviy amaliyot; qolgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida yil davomida nazariy ta’lim bilan birga to‘liq uyg‘unlashtirgan "4+2" shakldagi amaliyot. 2026-yil 1-maydan: Universitetning yetakchi professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari hududlarga biriktiriladi. Bunda yetakchi professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha ilmiy maslahatchisi hisoblanadi; talabalarning sayyor darslari qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi tashkilotlar va hududlardagi “Suvchilar maktabi” bazasida tashkil etiladi. �� Universitetda Istiqbolli loyihalar ofisi tashkil etiladi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Qonunchilik_yangiliklari

Universitetda Umummuhandislik fakulteti tashkil etil
adi

emoji Qarorga ko‘ra, Universitet huzurida 2026/2027 o‘quv yilidan mahalliy va xorijiy talabalar uchun akademik fanlar bo‘yicha (STEAM, til bilimlari, akademik yozish va milliy strategik mezonlar) maxsus tayyorlov kursi tashkil etiladi. Bunda:

maxsus tayyorlov kursida o‘qish bir yil muddatga xalqaro standartlarga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

2027/2028 o‘quv yilidan boshlab maxsus tayyorlov kursini muvaffaqiyatli tamomlagan shaxslar (tayyorlov kursidagi o‘qish davri yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari “5 (a’lo)” va “4 (yaxshi)” bo‘lgan bitiruvchilar) Universitetga imtihon asosida to‘lov-kontrakt bilan o‘qishga qabul qilinadi.

�� Universitetga “texnikum–oliygoh” tamoyili asosida Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi biriktiriladi. Texnikum binosida Universitet tarkibiga kiruvchi Umummuhandislik fakulteti tashkil etiladi.

Universitetdagi “Suv diplomatiyasi” magistratura mutaxassisligi “Xalqaro suv diplomatiyasi” mutaxassisligiga o‘zgartiriladi.

“Xalqaro suv diplomatiyasi” magistratura mutaxassisligi bitiruvchilariga “Xalqaro suv munosabatlari sohasida mutaxassis” kvalifikatsiyasi beriladi.

Bizni kuzating

Facebook* | Instagram* | YouTube | Telegram
10
👍 3
21 8.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Edu.uz

123.8K
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram*.com/eduuzofficial
facebook*.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram