#Qonunchilik_yangiliklari
️
Qishloq va suv xo‘jaligi muhandislarini tayyorlash tizimi takomillashtiriladi
“Qishloq va suv xo‘jaligi muhandislarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–122-son, 02.04.2026 y.)
qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-maydan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida o‘qish quyidagi shakllarda tashkil etiladi:
dual ta’lim asosida 6 oy muddatga nazariy ta’limdan ajralgan va joyiga chiqqan holda tashkil etiladigan malakaviy amaliyot;
qolgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida yil davomida nazariy ta’lim bilan birga to‘liq uyg‘unlashtirgan "4+2" shakldagi amaliyot.
2026-yil 1-maydan:
Universitetning yetakchi
professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari hududlarga biriktiriladi. Bunda yetakchi professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar
viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha ilmiy maslahatchisi hisoblanadi;
talabalarning sayyor darslari qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi tashkilotlar va hududlardagi
“Suvchilar maktabi” bazasida tashkil etiladi.
�� Universitetda
Istiqbolli loyihalar ofisi tashkil etiladi.
Bizni kuzatin
g
Facebook* | Instagram* | YouTube | Telegram
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram