avatar
Edu.uz
@eduuz
03.04.2026 16:14


“Ilhom” mukofoti sovrindori bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi va hamkor tashkilotlar tomonidan “Ilhom” mukofoti tanlovi e’lon qilinadi.

“Ilhom” mukofoti bilan shoir va yozuvchilarning hayoti hamda ijodini chuqur o‘rganish, ularning asarlarini tarjima qilish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, kino va sahna asarlari yaratish kabi yo‘nalishlarda yuqori natijalarga erishgan talaba-yoshlar taqdirlanadi.

Tanlov oliy ta’lim muassasasi miqyosida test savollari asosidagi dastlabki saralash bosqichi hamda respublika bosqichidan (ilmiy-ijodiy natijalar va yutuqlar) iborat.

‼️ Muhim eslatma: shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodi asosida kino yoki sahna asarlari yaratgan, shuningdek, adiblar ijodiga oid ilmiy tadqiqotlar olib borgan yoshlar rektorning taqdimnomasi bilan test sinovlarisiz tanlovda ishtirok etishla
ri mumkin.

Tanlov g‘oliblari vazirlik tomonidan maxsus diplom, statuetka va quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
-o‘rin — BHMning 100 barobari;
-o‘rin — BHMning 80 barobari;
-o‘rin — BHMning 40 barobari.

Tanlovda ishtirok etish istagidagi yoshlar joriy yilning 5-aprel sanasiga qadar oliy ta’lim tashkilotidagi yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullarga ariza bilan murojaat qilishlari lozim.

emojiTanlovda respublikamizdagi barcha oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan (30 yoshgacha bo‘lgan magistr, izlanuvchi, o‘qituvchi) yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Tanlov nizomi ��

Bizni kuzating

Facebook* | Instagram* | YouTube | Telegram
6
👍 3
🤔 3
🔥 2
332 39.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Edu.uz

123.8K
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram*.com/eduuzofficial
facebook*.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram