avatar
Edu.uz
@eduuz
03.04.2026 15:15
Edu.uz Фото: Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. #Mirziyoyev #taqdimot #oliytalim #fan Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Bildirilgan takliflarga ko‘ra:

“U10 – O‘zbekistonning ilg‘or universitetlari” dasturi doirasida tanlov asosida 10 ta oliygohga “milliy tadqiqot universiteti” maqomi beriladi va ularda ilmiy klasterlar tashkil etiladi;

➖ Mazkur universitetlarga ilmiy klasterlar tashkil etish uchun 150 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratiladi;

2027-yildan boshlab universitetlarni milliy reytingdagi natijalariga (ta’lim sifati, raqamlashtirish, bitiruvchilar bandligi) qarab moliyaviy rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

“Yangi O‘zbekiston stipendiyasi” dasturi joriy etilib, har yili 500 nafargacha iqtidorli chet el fuqarolariga grantlar ajratiladi;

“Spin-off” korxonalari tashkil etilib, “tarmoq – korxona – oliygoh – ilmiy tashkilot” zanjiri asosida innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi;

➖ Davlat grantlari uchun mablag‘ ajratishda endilikda ta’lim yo‘nalishining murakkabligi va mehnat bozori ehtiyojlari kabi yangi mezonlar inobatga olinadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram* | YouTube | Telegram
👍 20
6
🔥 3
😁 1
107 18.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Edu.uz

123.8K
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram*.com/eduuzofficial
facebook*.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram