avatar
e-gov.uz
@eGovUz
вчера, 12:47
❗️«Davlat arxivlarida saqlanayotgan jismoniy shaxslarning shaxsiy hujjatlarining aslini berish» davlat xizmati joriy etildi

«O‘zarxiv» agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev ishtirokida o‘tkazilgan brifingda davlat arxivlarida saqlanayotgan jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan shaxsiy hujjatlarning aslini olish bo‘yicha yangi davlat xizmati joriy etilgani ma’lum qilindi.

👉 Endilikda fuqarolar arxiv fondida saqlanayotgan quyidagi shaxsiy hujjatlarining aslini qonuniy tartibda qaytarib olishlari mumkin:

Mehnat daftarchasi;
Shahodatnoma va diplomlar;
Boshqa shunga o‘xshash shaxsiy xususiyatga ega hujjatlar.

Xizmatdan foydalanish tartibi va shartlari:

Davlat xizmatlari markazlari (DXM)ga bevosita tashrif buyurish yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn topshirish.

Ko‘rib chiqish muddati: 10 ish kuni.

Bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 1 baravari.

Ushbu yangi xizmat fuqarolarga o‘zlariga tegishli bo‘lgan muhim hujjatlarni arxivlardan olish jarayonini sezilarli darajada yengillashtiradi va ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini oladi.

🌐 egov.uz
|Telegram | Facebook* | YouTube | instagram* | LinkedIn
👍 1
2 637
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

e-gov.uz

4.3K
✅Raqamli hukumat markazining rasmiy kanali

🤖 @egovuz_bot
📞+998 55-501-36-06

✉️ E-mail: info@egov.uz
🌐Web: e-gov.uz

Youtube:
https://www.youtube.com/@mygovuzb
Facebook*:
https://www.facebook*.com/egovernmentuz
Instagram*:
https://www.instagram*.com/egov.
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram