Qoraqalpog‘iston va Surxondaryoda my.gov.uz imkoniyatlariga bag‘ishlangan seminarlar o‘tkazildi
Joylarda aholi va mas’ul xodimlarning raqamli savodxonligini oshirish, shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (
my.gov.uz) ham uning mobil ilovasidan foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida qator hududlarda amaliy seminar-treninglar tashkil etildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi:
O‘zbekiston Mahallalar uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida mahalla raislari uchun
my.gov.uz imkoniyatlari va undan samarali foydalanish tartibiga bag‘ishlangan maxsus seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unda Nukus shahridagi 71 ta mahalla raisi bevosita, boshqa tuman va shaharlardagi 381 nafar mahalla raisi esa Zoom platformasi orqali onlayn tarzda qatnashdi.
Seminar davomida ishtirokchilarga portal orqali ko‘rsatilayotgan ommabop elektron davlat xizmatlari, ulardan foydalanishning qulayliklari va tartib-qoidalari batafsil tushuntirildi. Yakunda mahalla raislari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, amaliy ko‘nikmalarini boyitdilar.
Surxondaryo viloyati:
Surxondaryo viloyati tumanlarida hokimlarning raqamli va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha maslahatchilari tomonidan keng qamrovli seminarlar tashkil etildi.
Oltinsoy tumanida hokim maslahatchisi M.Tursoatov tomonidan hokimlik markaziy apparat xodimlari uchun targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Bandixon tumanida hokim maslahatchisi E.Choshev ikkita muhim tadbirni o‘tkazdi. Biri - 9-sonli madaniyat markazida madaniyat xodimlari va aholi vakillari uchun, ikkinchisi – tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida markaziy apparat xodimlari hamda MFY raislari uchun.
Sherobod tumanida hokim maslahatchisi U.Xo‘shboqov tomonidan 56-sonli umumta’lim maktabida mahalliy o‘qituvchilar uchun
my.gov.uz va uning mobil ilovasining qulayliklari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
O‘tkazilgan barcha tadbirlarda ishtirokchilarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining afzalliklari, vaqtni tejovchi imkoniyatlari hamda xizmatlardan mustaqil ravishda foydalanish yo‘llari amaliy misollar orqali tushuntirildi.
egov.uz
|Telegram |
Facebook* |
YouTube |
instagram* |
LinkedIn