avatar
Dilnozaxon Kattaxonova🇺🇿
@dkattakhanova
05.05.2026 17:02
O‘zbekiston bolalar tashkiloti “Bolalar harakati” Respublika sardorlarining ilk maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston bolalar tashkiloti faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, bolalarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Bolalar harakati” Respublika sardorlarining 1-maslahat uchrashuvi o‘tkazildi.

Muloqotda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Dilnoza Kattaxanova hamda mas’ul rahbarlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida Respublika sardorlari 2026-2027-o‘quv yili davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan o‘zlarining innovatsion loyihalari, ijtimoiy tashabbuslari va media-rejalarini rahbariyatga batafsil taqdim etdi.

Taqdim etilgan eng yaxshi taklif va tashabbuslar to‘liq qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Uchrashuv yakunida barcha g‘oyalarni yagona tizimga birlashtirib, yozgi ta’til mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish, “Yozni bolalar tashkiloti bilan!” shiori ostidagi maxsus dasturni hayotga tatbiq etish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

Telegram | Facebook* | Instagram*
6
👍 5
🤩 2
2 3 236
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 2

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Dilnozaxon Kattaxonova🇺🇿

2.6K
O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o'rinbosari, siyosiy fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD)

Taklif va murojaatlaringizni @dkattakhanova_bot ga yuboring
Открыть в Telegram