avatar
Dilnozaxon Kattaxonova🇺🇿
@dkattakhanova
05.05.2026 17:02
O‘zbekiston bolalar tashkiloti “Bolalar harakati” Respublika sardorlarining ilk maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston bolalar tashkiloti faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, bolalarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Bolalar harakati” Respublika sardorlarining 1-maslahat uchrashuvi o‘tkazildi.

Muloqotda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Dilnoza Kattaxanova hamda mas’ul rahbarlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida Respublika sardorlari 2026-2027-o‘quv yili davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan o‘zlarining innovatsion loyihalari, ijtimoiy tashabbuslari va media-rejalarini rahbariyatga batafsil taqdim etdi.

Taqdim etilgan eng yaxshi taklif va tashabbuslar to‘liq qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Uchrashuv yakunida barcha g‘oyalarni yagona tizimga birlashtirib, yozgi ta’til mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish, “Yozni bolalar tashkiloti bilan!” shiori ostidagi maxsus dasturni hayotga tatbiq etish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

Telegram | Facebook* | Instagram*
6
👍 5
🤩 2
2 3 236
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Dilnozaxon Kattaxonova🇺🇿
@dkattakhanova
29.04.2026 15:46
O‘zbekistonning Birinchi xonimi, “Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Xorazm viloyatiga tashrif buyurib, ijtimoiy va ekologik loyihalar bilan tanishdi.

Первая леди Узбекистана, председатель Попечительского совета фонда «Zamin» Зироат Мирзиёева посетила Хорезмскую область и ознакомилась с социальными и экологическими проектами.

Telegram | Facebook* | Instagram*
👍 7
🥰 4
👏 3
2
🎉 1
4 815
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Dilnozaxon Kattaxonova🇺🇿
@dkattakhanova
28.04.2026 14:34
Salom, do’stlar!

Kanalimda qanday postlarni ko’rishni istar edingiz?

Takliflaringizni izohlarda qoldiring


Sizlarni qiziqtirgan mavzularda foydali va qiziqarli kontent tayyorlab, bo’lishishga harakat qilaman🙋🏻‍♀️
16
👍 5
4
🕊 1
10 826
avatar
Dilnozaxon Kattaxonova🇺🇿
Переслано от XORAZM YOSHLARI
28.04.2026 14:30
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilnozaxon Kattaxonova ishtirokida xivalik yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda yigit-qizlarga "Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030" strategiyasining mazmun-mohiyati va bugungi kunda yaratilayotgan yangi imkoniyatlar batafsil tushuntirildi.

Jarayonda asosiy e'tibor yoshlar murojaatlari hamda ularning istiqbolli tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi. Bildirilgan har bir taklif va o‘z yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

@yoshlarxorazm
8
👍 8
🔥 5
3 717
avatar
Dilnozaxon Kattaxonova🇺🇿
Переслано от канала
27.04.2026 18:42
Ziroat Mirziyoyeva ekofaollar bilan birgalikda “Arda Xiva” turizm majmuasida 3 mingdan ortiq daraxt va boshqa oʻsimliklar ekish tadbirida ishtirok etdi.

Зироат Мирзиёева вместе с экоактивистами приняла участие в посадке более 3 тысяч деревьев и других растений в туристическом комплексе «Арда Хива».

Facebook* | Instagram*
👍 3
🔥 3
1
1 5 619
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Dilnozaxon Kattaxonova🇺🇿
Переслано от XORAZM YOSHLARI
26.04.2026 20:42


SAYYOR QABUL – HAR BIR MUROJAAT EʼTIBOR MARKAZIDA!

Xorazm viloyatining bunyodkor va intiluvchan yoshlari, sizda o‘z yechimini kutayotgan masalalar, tashabbuslar yoki murojaatlar bormi?

Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilnozaxon Kattaxanova ishtirokida viloyatimiz yoshlari muammolarini bevosita o‘rganish va ularni tezkor bartaraf etish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etilmoqda.

O‘z fikr-mulohazalarini bildirish va murojaat yo‘llash istagida bo‘lgan barcha yoshlarimizni mazkur ochiq va jonli muloqotga taklif etamiz. O‘z imkoniyatingizni qo‘ldan boy bermang!

Manzil: Xiva shahri, Xorazm Ma’mun akademiyasi binosi
27-aprel soat 9:00

@yoshlarxorazm
8
👍 7
1 702
avatar
Dilnozaxon Kattaxonova🇺🇿
@dkattakhanova
23.04.2026 09:09
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Mintaqaviy ekologik sammitida bir qator amaliy takliflar bilan chiqdi.

Xususan, Bokuda bo‘lib o‘tgan COP-29 anjumani davomida mamlakatlarimiz yoshlari ishtirokida Ekologiya bo‘yicha maslahat qo‘mitasi platformasida 2027-yilda O‘zbekistonda Butunjahon yoshlar iqlim forumini o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi.

Telegram Instagram* YouTube Linkedin Veb sayt
👍 4
3
👏 1
5 4 937
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Dilnozaxon Kattaxonova🇺🇿
@dkattakhanova
21.04.2026 22:02


Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon yetakchi ayollari muloqotining O‘zbekiston raisligidagi birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi
______________
Под председательством Узбекистана состоялось первое заседание Диалога женщин-лидеров стран Центральной Азии и Азербайджана

Senat.uz | Facebook* | Instagram* | Youtube | Virtual murojaat | Mediateka | Yoshlar parlamenti
8
👍 6
🔥 3
🕊 1
😍 1
2 801
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Dilnozaxon Kattaxonova🇺🇿

2.6K
O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o'rinbosari, siyosiy fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD)

Taklif va murojaatlaringizni @dkattakhanova_bot ga yuboring
Открыть в Telegram