Parlamentlararo ittifoqning 152-assambleyasi doirasida
Yosh parlament aʼzolari forumida ishtirok etdik.
Bugun yosh qonun chiqaruvchilar adolatli, xavfsiz va barqaror dunyo barpo etishda muhim kuchga aylanmoqda. O‘zbekistonda ham yoshlarni parlament va davlat boshqaruviga jalb etish, qarorlar qabul qilishdagi ishtirokini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.
Anjumanda yosh parlament aʼzolarining tinchlikni mustahkamlash va barqaror taraqqiyotni taʼminlashdagi o‘rni yuzasidan fikr almashildi.
Fursatdan foydalanib, barcha ishtirokchilarni 2026 yil 4–6 sentyabr kunlari davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Yosh parlament aʼzolarining global konferensiyasida ishtirok etishga taklif etdik.
#parlament #senat #hamkorlik
@tanzilanarbaeva
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram