avatar
Dilnozaxon Kattaxonova🇺🇿
@dkattakhanova
13.04.2026 21:07
Bugun Bo‘stonliq “Yoshlar oromgohi”da milliy ruh va yoshlik energiyasini his qildim. Bir vaqtning o‘zida ham “Qadriyat, urf-odat, an’ana va bolalar” festivalining, ham Sardorlar saylovi respublika bosqichining tantanali ochilish marosimida ishtirok etib, sizlarning ko‘zingizdagi olovga yana bir bor guvoh bo‘ldim.

Saralanib kelgan 126 nafar eng kuchli sardorimiz bilan suhbatlashar ekanman, ular nafaqat zamonaviy bilimga ega ekanliklari, balki milliy qadriyatlarimizni ham qalbida ardoqlashlarini ko‘rib, juda quvondim. Zotan, o‘zligini anglagan, ajdodlar merosini qadrlagan yoshlargina haqiqiy yetakchi bo‘la oladilar.

Aziz sardorlar! Ushbu festival va saylov kunlari siz uchun nafaqat bilim, balki umrbodga tatiydigan do‘stlik va unutilmas xotiralar maskani bo‘lib qolishiga ishonaman.

Har biringizga omad tilayman. Harakatdan to‘xtamang, biz sizga ishonamiz!

Telegram | Facebook* | Instagram*
11
👍 5
🎉 3
14 7 888
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 14

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Dilnozaxon Kattaxonova🇺🇿

2.6K
O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o'rinbosari, siyosiy fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD)

Taklif va murojaatlaringizni @dkattakhanova_bot ga yuboring
Открыть в Telegram