avatar
Dilnozaxon Kattaxonova🇺🇿
@dkattakhanova
02.04.2026 11:18
🎶 “Navro‘z sadolari” XII xalqaro musiqa festivali

An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan ushbu nufuzli madaniy loyiha yoshlar qalbida milliy musiqa va san’atga bo‘lgan mehrni uyg‘otish, iste'dodli ijrochilarni qo'llab-quvvatlash hamda xalqaro madaniy-do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda.

Tadbir “Turkiston” san’at saroyida Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda “So‘g‘diyona” xalq cholg‘ulari kamer orkestri tashabbusi bilan tashkil etildi.

Hududiy bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tgan 16–23 yosh toifasidagi 700 nafardan ziyod iqtidorli yoshlarimiz hamda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlardan tashrif buyurgan 100 ga yaqin xalqaro ishtirokchilar o‘zaro bellashmoqdalar.

Telegram | Facebook* | Instagram*
🔥 5
4
👏 2
🎉 2
🕊 1
925
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Dilnozaxon Kattaxonova🇺🇿

2.6K
O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o'rinbosari, siyosiy fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD)

Taklif va murojaatlaringizni @dkattakhanova_bot ga yuboring
Открыть в Telegram