⚡️
Talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot: “Perfect University”da yangi loyihalar muhokama qilindi
Bugun talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularni innovatsion loyihalarga keng jalb etish maqsadida,
“Perfect University” oliygohi mas’ullari bilan hamkorlikda uchrashuv tashkil etdik.
Muloqotning asosiy mavzusi —
Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan keng ko‘lamli imkoniyatlar hamda ulardan oqilona va samarali foydalanish masalalari bo‘ldi. Suhbat davomida yoshlarning ta’lim olishi, zamonaviy kasb-hunar egallashi va o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlashi borasidagi amaliy ko‘mak tizimlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘lgan
uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, OTMlardagi dolzarb masalalar va yangi takliflari bilan faol ishtirok etdilar.
Tadbir yakunida
yoshlar bandligini ta’minlash, ularni
biznesga yo‘naltirish hamda iqtidorli talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ilgari surilgan muhim g‘oya va tashabbuslar atroflicha muhokama qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Telegram | Facebook* | Instagram*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram