avatar
Dilnozaxon Kattaxonova🇺🇿
@dkattakhanova
04.03.2026 09:51
Ayollar, bolalar va oila daxlsizligi — qonun himoyasida

Kuni kecha, 3-mart kuni Davlatimiz rahbari tomonidan ko‘rib chiqilgan takliflar nafaqat huquqiy islohot, balki har bir ona va har bir bola osoyishtaligiga berilgan oliy darajadagi kafolatdir.

Ayollar va bolalar daxlsizligining huquqiy kafolatlari:

Pedofiliya kabi og‘ir illat uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishgacha bo‘lgan eng qat’iy jazo choralari belgilanmoqda.

Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etgan shaxslar uchun manzil-koloniyalarga o‘tish kabi yengilliklar butunlay bekor qilinadi.

Shahvoniy shilqimlik uchun belgilangan ma’muriy qamoq jazosi (5 sutkagacha) yanada qat’iylashtiriladi.

Jinsiy jinoyatlarni tergov qilish vakolati ichki ishlar organlaridan Prokuraturaga o‘tkaziladi.

Shahvoniy shilqimlik bo‘yicha materiallarda jinoyat alomatlari yo‘qligi haqida albatta prokuror qarori olinishi shart etib belgilanadi.

Ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik ishlari bilan endi faqat maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan advokatlar, tergovchi va sudyalar shug‘ullanadi.

Himoya orderi berilgan xotin-qizlar telefoniga maxsus ilova "SOS" o‘rnatiladi. Chaqiruv tugmasi bosilganda, 5 km radiusdagi IIB xodimlari 10 daqiqa ichida yetib kelishi ta’minlanadi.

Mazkur yangi tizim har bir xonadonning tinchligi va har bir bolaning quvnoq kulgusi uchun xizmat qiladi.

Telegram | Facebook* | Instagram*
9
👍 7
🕊 2
🔥 1
1 9 1.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 1

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Dilnozaxon Kattaxonova🇺🇿

2.6K
O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o'rinbosari, siyosiy fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD)

Taklif va murojaatlaringizni @dkattakhanova_bot ga yuboring
Открыть в Telegram