avatar
Dilnozaxon Kattaxonova🇺🇿
@dkattakhanova
01.03.2026 09:51
“Salqin saharlarda, bodom gulida...” — Bugun bahor va sadoqat kuychisi Zulfiyaxonim tavallud topgan kun!

1-mart — taqvimda bahorning ilk kuni bo‘lishi bilan birga, millatimizning ardoqli shoirasi, sadoqat va nafosat timsoli Zulfiyaxonim tavalludining 111 yilligi hamdir.

Shoira o‘zining betakror ijodi bilan o‘zbek she’riyatiga nafaqat bahorning tarovatini, balki ayol qalbidagi yuksak matonat va muhabbatni ham olib kirdi. Uning har bir misrasi bugun ham qizlarimiz uchun haqiqiy ma’naviyat va hayo maktabi vazifasini o‘tamoqda.

Zulfiyaxonim izdoshlari bo‘lgan barcha iqtidorli qizlarimizni bugungi bayram bilan tabriklaymiz!

#Zulfiyaxonim #Bahor
12
🔥 8
🕊 2
10 1.4K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Dilnozaxon Kattaxonova🇺🇿

2.6K
O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o'rinbosari, siyosiy fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD)

Taklif va murojaatlaringizni @dkattakhanova_bot ga yuboring
Открыть в Telegram