Bugun Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilnozaxon Kattaxonova Sharof Rashidov tumani Tuyoqli mahallasida barpo etilayotgan 106 ta zamonaviy issiqxona loyihasi bilan tanishdi.
Tashrif davomida loyiha doirasida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda zamonaviy agrotexnologiyalar asosida ishlash jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
Ta’kidlanganidek, mazkur loyiha nafaqat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini kengaytirish, balki yoshlar uchun barqaror ish o‘rinlari yaratish va ularning daromad manbalarini oshirishga xizmat qiladi.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram