BMT bilan hamkorlik amaliy bosqichga o‘tdi
Avval xabar
berganimizdek, Yoshlar ishlari agentligi va
BMT Volontyorlar dasturi o‘rtasidagi kelishuvga asosan, o‘zbekistonlik yoshlarning
BMTning xorijiy ofislarida amaliyot o‘tashi bo‘yicha tashabbus ilgari surilgan edi.
Mazkur kelishuvga muvofiq, har yili o‘zbekistonlik yoshlarning BMTning xorijiy mamlakatlardagi ofislarida amaliyot o‘tashini tashkil etish yuzasidan muzokaralar yakunlanib, hamkorlik amaliy bosqichga o‘tdi. Ushbu nomzodlarni saralash jarayoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri
BMT Volontyorlar dasturi tomonidan, xalqaro standartlar asosida amalga oshiriladi.
Loyiha yoshlarimizga xalqaro bilim va tajriba orttirish hamda BMT tizimida faol ishtirok etish imkonini beradi.
Bu o‘zbekistonlik
yoshlarning global maydondagi ishtirokini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Ariza topshirish va saralash bosqichlari haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Telegram Instagram* YouTube Linkedin Veb sayt
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram