�� Notarius lavozimiga tanlov e'lon qilinadi
Adliya vazirligi Qoraqalpog'iston Respublikasi Bo'zatov tumanidagi Bo'zatov tuman davlat notarial idorasida 1 nafar notarius lavozimi uchun tanlov e'lon qiladi.
�� Hujjatlarni taqdim etishning oxirgi muddati:
2026-yil 20-mart.
Talablar
"Notariat to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq nomzod:
25 yoshdan kichik va 65 yoshdan katta bo'lmasligi;
oliy yuridik ma'lumotga ega bo'lishi;
yuridik mutaxassislik bo'yicha kamida 3 yillik ish stajiga ega bo'lishi;
notarial idorada kamida 1 yil stajirovka o'tagan bo'lishi;
malaka imtihonini topshirgan bo'lishi lozim.
❗️Eslatma:
Sudyalik lavozimida kamida 5 yil ishlagan shaxslar yoki notarius yordamchisi hamda adliya organlarida notarial faoliyat bilan bog‘liq lavozimlarda kamida 3 yil ishlagan shaxslar uchun stajirovka talabi qo‘llanilmaydi.
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki advokat sifatida kamida 3 yil ishlagan shaxslar vakolati tugaganidan keyin 5 yil o‘tmagan bo‘lsa, 6 oy stajirovka o‘taydi.
Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar:
Nomzodlar Adliya vazirligiga elektron shaklda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
1️⃣ Komissiya nomiga ariza;
2️⃣ So'rovnoma;
3️⃣ Malaka imtihoni topshirilganligi yoki stajirovka o'talganligi haqidagi hujjat.
�� Hujjatlar talabi:
• PDF formatda skaner qilingan bo‘lishi;
• har bir fayl hajmi 10 MBdan oshmasligi;
• sifat darajasi 200 dpi dan kam bo‘lmasligi.
�� Hujjatlar yuboriladigan manzil:
m.soyibjonov@adliya.uz
�� Tanlovni o'tkazuvchi organ:
Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi.
�� Qo'shimcha ma'lumot uchun:
(71) 207-04-51 (ichki raqamlar: 1157, 1151)
Telegram |
Instagram* | Facebook* |
YouTube |
Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram