#bu_muhim
��
Ortiqcha hujjat talab qilish taqiqlanadi
��O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlariga asosan davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan
davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa
ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda aholi va tadbirkorlik subyektlaridan
120 turdagi ma’lumotnoma va hujjatlarni talab qilish bekor qilinib, ushbu ma’lumot va hujjatlarni
“Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda olishi belgilangan.
Misol uchun,
▪️shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
▪️shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati;
▪️kadastr hujjatlari va ularning nusxalari
▪️ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi haqida ma’lumotnoma;
▪️narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi haqida ma’lumotnoma;
▪️sudlanganlik yoki sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma;
▪️manzil-ma’lumot axboroti kabi va boshqa ma’lumot va hujjatlarni davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan talab qilish bekor qilinga
n.
‼️
Hurmatli fuqarolar! Davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda Sizdan yuqorida ko‘rsatilgan ma’lumot va hujjatlarni taqdim etish so‘ralganda Adliya vazirligining 1008 yoki 1148 ishonch telefonlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
❌Talab qilinishi bekor qilingan ma’lumot yoki hujjatlarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholidan talab qilinishi ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring����
Telegram |
Instagram* | Facebook* |
YouTube |
Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram