avatar
Davlat xizmatlari yangiliklari
@davxizmat
02.02.2026 11:46
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Ko'chmas mulkda yashash joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tgan shaxslar to'g'risidagi ma'lumotni tahrirlash tartibi belgilandi


Hukumat qarori (38-son, 30.01.2026-y.) bilan “O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining yashash joyi manzilini hamda ularga tegishli ko'chmas mulkda yashash joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tgan shaxslar to'g'risidagi ma'lumotni tahrirlash bo'yicha davlat xizmatini ko'rsatish”ning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.

✅ Reglamentga ko'ra, davlat xizmati quyidagilar bo'yicha ko'rsatiladi:

�� fuqaroning yashash joyi manzili to'g'risidagi noto'g'ri ma'lumotni tahrirlash bo'yicha murojaati asosida tizimda tahrirlangan qayd varag'i berish;

�� mulkdorning ko'chmas mulkida yashash joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tgan shaxs (shaxslar) to'g'risidagi noto'g'ri ma'lumotni tahrirlash bo'yicha murojaati asosida tizimda manzil bo'yicha ro'yxatdan o'tganlar haqida tahrirlangan ma'lumotnoma berish.

�� Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti va uning hududiy bo'linmalari mazkur sohada vakolatli organ hisoblanadi.

�� Ariza beruvchi so'rovnoma berish uchun vakolatli organ yoki davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki YIDXP (my.gov.uz) davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun ro'yxatdan o'tadi.

⏳ Vakolatli organga kelib tushgan so'rovnoma 3 ish kuni mobaynida ko'rib chiqiladi.

�� Vakolatli organ tomonidan so'rovnomada ko'rsatilgan ma'lumotlarni o'rganish natijalariga ko'ra, tahrirlangan ma'lumot tizim orqali QR-kod qo'ygan holda tasdiqlanadi hamda shu kunning o'zida ariza beruvchiga xabarnoma yuboriladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
89
🔥 7
👍 5
90 54.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Davlat xizmatlari yangiliklari

64.8K
Открыть в Telegram