#Bilasizmi
❓
Madaniy boyliklarni realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartibini bilasizmi?
✅ Xabarnoma yuborish uchun yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar
“Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (
my.gov.uz) murojaat qiladilar.
�� Xabarnomani qabul qiluvchi organ: O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi
��Xabarnoma yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi.
Unutmang, madaniy boyliklarni realizatsiya qilishda:
1️⃣ madaniy boyliklarni O‘zbekiston hududidan olib chiqish yoki vaqtincha olib chiqish uchun maxsus sertifikatga ega bo'lishingiz;
2️⃣ 50 yil muqaddam va undan oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekiston hududidan olib chiqish mumkin emasligi haqida xaridorni ogohlantirishingiz;
3️⃣ madaniy boyliklarni asrash choralarini ko‘rishingiz lozim.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son
qarori.
��
Telegram |
Instagram* | Facebook* |
YouTube |
Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram