��
YANGI YIL MUBORAK! ��
Hurmatli yurtdoshlar!
O‘tayotgan yil davomida Adliya vazirligi tomonidan qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, aholiga qulay va ochiq huquqiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘lida qator muhim islohotlar amalga oshirildi.
Yangi —
2026-yil barchamiz uchun tinchlik, farovonlik, barqaror taraqqiyot va yangi imkoniyatlar yili bo‘lishini tilaymiz. Har bir xonadonga fayz-baraka, sog‘lik-salomatlik, totuvlik va ezgu niyatlar hamroh bo‘lsin.
Adliya vazirligi jamoasi bundan buyon ham jamiyat va davlat rivoji yo‘lida sidqidildan xizmat qilishda davom etadi.
✨
Yangi yil muborak bo‘lsin! ✨
Hurmat bilan,
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi jamoasi
Telegram |
Instagram* | Facebook* |
YouTube |
Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram