��E’LON
“Biznesni 15 daqiqada boshlash” mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi
Adliya vazirligi tomonidan
“Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili mazmun-mohiyatini aholi va tadbirkorlarga tushuntirish, davlat xizmatlari tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangiliklar va yaratilayotgan qulayliklar haqida jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida matbuot anjumani tashkil etilmoqda.
��
Sana va vaqt: 2025-yil 17-dekabr, soat 11:00
��
Joy: Chilonzor tumani Davlat xizmatlari markazi (Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 7G)
Anjumanda:
��“Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili mazmun-mohiyati tushuntiriladi;
�� Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar taqdim etiladi;
�� Tizimdagi ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilinadi;
�� Jurnalistlar va blogerlar uchun
ochiq muloqot va savol-javob imkoniyati yaratiladi.
Matbuot anjumani davomida ishtirokchilar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi xizmatlar, qulayliklar va xalqaro tajribani joriy etish yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot olishadi.
�� OAV vakillari, blogerlar,
tadbirkorlar hamda
jamoatchilik vakillarini ushbu tadbirda faol ishtirok etishga taklif etamiz.
�� Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (71) 207-04-38 (1071)
Telegram |
Instagram* | Facebook* |
YouTube |
Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram