Yil sarhisobi va kelgusi rejalar
�� Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda
“O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi kengash yig‘ilishi o‘tkazildi.
�� Yig'ilish davomida joriy yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar muhokama qilindi.
✅ Xususan, loyiha doirasida 2025-yilda quyidagi ijobiy natijalarga erishilgani qayd etildi:
��
“Davlat xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi;
��
kompozit, proaktiv davlat xizmatlari salmog'i oshirildi va ko'plab davlat xizmatlarini ko'rsatish tartibotlari
soddalashtirildi;
�� 35 nafar davlat xizmatchilari uchun
Biznes jarayonlarini qayta loyihalash bo‘yicha,
36 nafar IT mutaxassislari uchun
Big Data va sun’iy intellekt bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etildi;
��
50 dan ortiq axborot xizmati xodimlari, jurnalistlar va blogerlar uchun
davlat xizmatlari haqida aniq va xolis axborot tarqatish bo'yicha seminar-treninglar o'tkazildi;
��
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va
7 ta pilot hududdagi
Davlat xizmatlari markazlari faoliyatini o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
✨ Tadbir davomida 2026-yilda
davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo'yicha hamkorlikda amalga oshiriladigan maqsad va vazifalar belgilab olindi.
Telegram |
Instagram* | Facebook* |
YouTube |
Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram