avatar
Davlat xizmatlari yangiliklari
@davxizmat
01.12.2025 12:01
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2026-yil 1-martdan boshlab quyidagi arxiv xizmatlarini ko'rsatish muddatlari qisqartiriladi:

arxiv hujjatlari yoki ularning ko'chirma nusxalarini O'zbekistondan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma berish — 15 ish kunidan 5 ish kunigacha;

yaroqsiz holatga kelgan yoki yo'qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash — 20 ish kunidan 10 ish kunigacha;

oliy va o'rta-maxsus ta'lim muassasasida o'qiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv ma'lumotnomasini berish — 5 ish kunidan 2 ish kunigacha;

arxiv hujjatlari, kitoblar va qo'lyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) — 3 ish kunidan 1 ish kunigacha.

Asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-noyabrdagi PF-228-son Farmoni.

Telegram |
Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
30
👍 16
61 31.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Davlat xizmatlari yangiliklari

64.8K
Открыть в Telegram