avatar
Davlat xizmatlari yangiliklari
@davxizmat
24.11.2025 20:10
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Davlat xizmatlari yagona reyestrini yuritish tartibi tasdiqlandi

✅O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2025-yil 21-noyabrdagi buyrug‘i bilan “Davlat xizmatlari yagona reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” tasdiqlandi.

�� Reyestr — jismoniy va yuridik shaxslar foydalanishi mumkin bo‘lgan davlat xizmatlari bo‘yicha yagona ochiq ma’lumotlar bazasi hisoblanadi.
�� Har bir xizmat bo‘yicha pasport shakllantiriladi: unda xizmat nomi, tartibi, talab qilinadigan hujjatlar, to‘lov miqdori, ko‘rsatish muddati va natijasi kabi ma’lumotlar jamlanadi.
�� Yagona reyestr “Davlat xizmatlari” onlayn axborot tizimi orqali shakllantiriladi va yuritiladi.
�� Yangi xizmatlarni kiritish, eskirganlarini chiqarish yoki ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritish normativ-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
�� Adliya vazirligi reyestrning to‘liq va yangilangan yuritilishini ta’minlaydi, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar esa o‘z ma’lumotlarini o‘z vaqtida yangilashga mas’ul bo‘ladi.

�� Ushbu tartib davlat xizmatlarining shaffofligi, qulayligi va fuqarolar uchun ochiqligini ta’minlashga qaratilgan.

Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
31
31 20.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Davlat xizmatlari yangiliklari

64.8K
Открыть в Telegram