avatar
Davlat xizmatlari yangiliklari
@davxizmat
17.11.2025 10:40
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Biznesni boshlashda davlat xizmatlari kompleks tarzda ko‘rsatiladi


“Biznes yuritishni hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirishga doir navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–214-son, 14.11.2025 y.) qabul qilindi.

�� Farmonni qabul qilishdan asosiy maqsad etib tadbirkorlarning ma’muriy xarajatlarini 90 mlrd so‘mgacha qisqartirish, davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik jarayonlarida 15 kungacha vaqtini tejash belgilandi.

✅ Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda bir vaqtning o‘zida quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi:

�� elektron raqamli imzo kalitini berish;

�� bank hisobvaraqlarini ochishga ariza topshirish hamda ularni faollashtirish;

�� ayrim faoliyat turlari bo‘yicha lisenziya, ruxsatnoma olishga ariza yoki xabarnoma yuborish;

�� ko‘chmas mulk ijara shartnomasini rasmiylashtirish;

�� QQS to‘lovchisi guvohnomasini olish;

�� onlayn nazorat-kassa mashinalarini onlayn ravishda xarid qilish va ularni soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish;

�� yuridik shaxs rahbarini tayinlash va uni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida hisobga qo‘yis
h.

Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
18
👍 4
🔥 1
38 23.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Davlat xizmatlari yangiliklari

64.8K
Открыть в Telegram