avatar
Davlat xizmatlari yangiliklari
@davxizmat
29.10.2025 15:21
��E’LON

“Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatlari tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangiliklar va yaratilayotgan qulayliklar haqida jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida matbuot anjumani tashkil etilmoqda.

�� Sana va vaqt: 2025-yil 30-oktabr, soat 15:00
�� Joy: Chilonzor tumani Davlat xizmatlari markazi (Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 7G)

Anjumanda:
�� Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar taqdim etiladi;
�� Tizimdagi ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilinadi;
�� Jurnalistlar va blogerlar uchun ochiq muloqot va savol-javob imkoniyati yaratiladi.

Matbuot anjumani davomida ishtirokchilar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi xizmatlar, qulayliklar va xalqaro tajribani joriy etish yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot olishadi.

�� OAV vakillari, blogerlar hamda jamoatchilik a’zolarini ushbu tadbirda faol ishtirok etishga taklif etamiz.

�� Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (71) 207-04-38 (1071)

Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
27
👍 1
7 29.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Davlat xizmatlari yangiliklari

64.8K
Открыть в Telegram