avatar
Davlat xizmatlari yangiliklari
Переслано от канала
23.09.2025 11:02
Jurnalistlar va blogerlar uchun ikki kunlik trening: Davlat xizmatlarini yoritishda nimalarga e’tibor qaratish kerak?
O‘zbekistonda davlat xizmatlari tizimi jadal sur’atlar bilan takomillashmoqda: interaktiv platformalar, hududlararo xizmatlar va uzluksiz ish tartibi fuqarolar hayotini yanada qulaylashtirmoqda hamda davlat faoliyatining ochiqligini ta’minlamoqda. Bu o‘zgarishlarni jamiyatga yetkazishda jurnalistlar va blogerlar muhim rol o‘ynaydi.

Trening maqsadi:
Ishtirokchilarga davlat xizmatlari sohasidagi islohotlar va yangiliklarni yoritishda kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlashga yordam berish, shuningdek, zamonaviy raqamli vositalar va sun’iy intellektdan foydalanishni o‘rgatish.

Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda:
Davlat xizmatlari va ommaviy axborot vositalari sohasidagi tendensiyalar va standartlar haqida bilimlar
Faktlarni tekshirish va manbalar bilan ishlash amaliyoti
Kontent va vizual kommunikatsiyaning yangi shakllarini o‘zlashtirish

Sanalar: 2025-yil 9–10-oktyabr
Manzil: "Olmos" mehmonxonasi, Toshkent viloyati

Viloyatlardan kelgan ishtirokchilar mamnuniyat bilan kutib olinadi. Trening o‘tkaziladigan joyga transfer tashkilotchilar tomonidan ta’minlanadi, biroq Toshkentgacha bo‘lgan yo‘l xarajatlari ishtirokchilarning o‘zlari tomonidan qoplanadi.

Ariza topshirish uchun so‘nggi muddat: 2025 yil, 30-sentabr
Treningga ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://forms.gle/qasu7tpFnWuJUH9d6
23
👍 3
🔥 1
12 25.3K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Davlat xizmatlari yangiliklari

64.8K
Открыть в Telegram