#qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Davlat xizmatlari ko'rsatish tizimi takomillashtiriladi
.
��
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-157-son Farmoniga asosan:
��
2028-yilga qadar YIDXP va Davlat xizmatlari markazlari orqali ko'rsatiladigan xizmatlar soni
900 taga yetkaziladi;
��
proaktiv davlat xizmatlari
53 taga,
kompozit davlat xizmatlari
74 taga yetkaziladi;
�� fuqarolarning o'zini -o'zi boshqarish organlari hamda aholi gavjum joylarga
1100 ta interaktiv kiosklar o'rnatiladi;
�� jismoniy shaxslarni
yagona identifikatsiya tizimidan (
OneID) ro'yxatdan o'tkazishda muqobil tarzda
shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) tartibi yo'lga qo'yiladi;
�� Davlat xizmatlari markazlariga YIDXP orqali joriy etilgan barcha davlat xizmatlarini ko'rsatish huquqi beriladi;
�� YIDXP, Davlat xizmatlari markazi, "Litsenziya" AT orqali berilgan arizalar
asossiz rad etilganda, davlat xizmati uchun undirilgan to'lovlarning
vakolatli organlarga yo'naltirilgan qismi qaytariladi.
Telegram |
Instagram* |
Facebook* |
YouTube |
Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram