avatar
Davlat xizmatlari yangiliklari
@davxizmat
08.09.2025 18:43
#Bilasizmi

��Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan bir martalik subsidiya ajratilishidan xabardormisiz?

✅ Arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

�� Vakolatli organlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari.

�� Subsidiyaning ajratiladigan miqdori: 25-50 mln so'm.

�� Xizmat bepul korsatiladi.

❗️Subsidiya yakka tartibdagi tadbirkorlarga, respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘ysunuvidagi shaharlar, shaharlardagi tumanlar, tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar va shaharchalarda joylashgan nodavlat ta’lim tashkilotlariga ajratilmaydi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-sentabrdagi 513-son qarori.

Telegram
| Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
34
🔥 4
👍 3
33 25.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Davlat xizmatlari yangiliklari

64.8K
Открыть в Telegram