✅Adliya vazirligi aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sohasida ISO xalqaro sertifikatlarini qo'lga kiritdi.
✅Adliya vazirligiga O‘zbekistonning davlat organlari ichida
birinchi bo‘lib ESG standartlari - ekologik boshqaruv va ijtimoiy masʼuliyatga oid xalqaro sertifikatlar topshirildi.
❗️Bu sertifikatlar nimasi bilan ahamiyatli?
▪️ISO 14001 sertifikati atrof-muhitga salbiy taʼsirlarni kamaytirish va muhofaza qilish boʻyicha samarali boshqaruvni yoʻlga qoʻyish imkonini beradi.
Standart chiqindilarning kamayishiga, energiya va suvdan samarali foydalanishga yordam beradi.
▪️ISO 26000 — tashkilotlarga oʻz faoliyatlarini ijtimoiy masʼuliyat bilan olib borishga yo‘naltirilgan. Bu standart inson huquqlarini hurmat qilish va ularni kamsitmaslik, shaffoflik, odob-axloq qoidalari, qonunlarga rioya qilish va xizmatlar sifati kabi asosiy tamoyillarni belgilaydi.
▪️ISO 45001 sertifikati xodimlarning sog'lom va xavfsiz muhitda ishlashi uchun mehnat muhofazasini doimiy yaxshilashga qaratilgan standartdir.
Ushbu standart tashkilotga xodimlarning kasalliklari va baxtsiz hodisalar xavfini kamaytirishga yordam
beradi.
��Ushbu xalqaro sertifikatlar Chilonzor tumani Davlat xizmatlari markazi misolida berilgan bo‘lsa-da, bevosita sertifikat talablarini bajarish asnosida respublikamizning eng olis, chekka hududlarigacha davlat xizmatlari ko‘rsatishning yagona standartini joriy etish imkoniyatini taqdim etadi.
��Sertifikat talablari aynan amaliy, natijador chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu esa pirovard maqsadimiz bo‘lgan mamlakatimizda fuqaroga yo‘naltirilgan davlat xizmatlari tizimini yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.
��Qolaversa, ushbu sertifikat mamlakatimizning xalqaro maydondagi imiji va reytinglariga ham taʼsir o‘tkazadi, aholi va hamkor tashkilotlarning mazkur sohaga bo‘lgan ishonchini oshiradi.
❗️Ma'lumot o'rnida, Adliya vazirligi hozirgi kunda 6 ta ISO xalqaro sertifikatlariga ega bo'l
di.
Telegram |
Instagram* | Facebook* |
YouTube |
Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram