#Bilasizmi
❓
Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o‘tish tartibidan xabardormisiz?
✅
Mobil-ID mobil qurilmalar orqali shaxsni identifikatsiya qilish tizimi hisoblanadi.
1️⃣ Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o‘tish uchun
davlat xizmatlari markazlari yoki
notarial idoralarga tashrif buyurishingiz lozim.
2️⃣ Davlat xizmatlari markazi operatori yoki notariusga
shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etasiz va
mobil raqamingizni ma'lum qilasiz.
3️⃣
Yuzingiz raqamli formatda rasmga tushiriladi va elektron shaklda
qo‘l barmog‘ingiz izi olinadi.
4️⃣ Ma'lumotlaringiz OneID tizimi orqali tekshiriladi va Mobil-ID tizimiga yuboriladi.
5️⃣ Telefon raqamingizga tasdiqlovchi kod yuboriladi va kod tizimga kiritiladi.
6️⃣ Xizmat ko'rsatganlik uchun
BHM 2 foizi miqdorida yig'im undiriladi.
7️⃣ To'lov amalga oshirilgach, telefon raqamingiz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetingizga bog‘lanadi.
�� YIDXPning mobil ilovasi orqali Mobil-ID tizimida bepul identifikatsiyadan o‘tishingiz mumkin.
Asos:
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-avgustdagi 479-son qarori
.
Telegram |
Instagram* | Facebook* |
YouTube |
Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram