✅
Adliya vazirligi huzuridagi Apellyatsiya kengashining dastlabki majlisi bo‘lib o‘tdi.
��O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ–188-son qarori bilan Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzurida davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi ma’muriy hujjatlar bo‘yicha nizolarni sudgacha ko‘rib chiquvchi Apellyatsiya kengashlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
��Unga ko‘ra, eksperiment tariqasida 25 turdagi davlat xizmatlari bo‘yicha qabul qilingan ma’muriy hujjatlarning qonuniyligi Apellyatsiya kengashlari tomonidan kollegial ravishda hamda haq undirilmasdan ko‘rib chiqilishi belgilangan.
��Shu asosda, joriy yilning 29-iyul kuni Adliya vazirligi huzuridagi Apellyatsiya kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda manfaatdor shaxslarning davlat xizmatlariga oid shikoyatlari ko‘rib chiqilib, natijasi yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
��Shu bilan birga, davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi ma’muriy organlarga yagona va izchil huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
��Ushbu xizmatdan foydalanish uchun quyidagi
havola orqali yoki davlat xizmatlari markazlari orqali shikoyat berishingiz mumkin.
❗️Eslatma: Apellyatsiya kengashlariga shikoyatlarni berish 2026-yil 1-iyulga qadar davom eta
di.
Telegram |
Instagram* | Facebook* |
YouTube |
Bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram