avatar
Davlat xizmatlari yangiliklari
@davxizmat
25.07.2025 14:50
#yangi_xizmat

�� Nogironligi bo‘lgan bolalarning maktabga qatnash xarajatlari endi davlat hisobidan qoplanadi!


Ko‘rish va harakatlanish bo‘yicha cheklovlarga ega bolalarning ixtisoslashtirilgan maktablar, internatlar, inklyuziv sinflar va reabilitatsiya markazlariga borib-kelish transport xarajatlari subsidiya asosida qoplab beriladi.

�� Buning uchun ota-ona yoki qonuniy vakil my.gov.uz orqali Subsidiya olish uchun ariza yuboradi.

⏱️ Ariza 30 daqiqa ichida ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.

�� Qoplanadigan xarajat miqdori:
�� Ijtimoiy himoya reyestrida bo‘lsa — har bir qatnov to‘lovining 100% (oyiga BHMning 1.2 baravaridan oshmagan holda)
�� Reyestrda bo‘lmasa — har bir qatnov to‘lovining 60% (oyiga BHMning 1.2 baravaridan oshmagan holda)


�� Eslatma:
Subsidiya ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotlar xizmatlaridan foydalanish uchun ajratiladi.

�� Yo‘lovchi tashish xizmatini ko‘rsatadigan tashkilotlar ushbu dasturda ishtirok etish uchun “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga murojaat qilishlari mumkin.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 132-son qarori.

Telegram | Instagram* | Facebook* | YouTube | Bot
16
👍 5
🔥 3
37 16K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Davlat xizmatlari yangiliklari

64.8K
Открыть в Telegram