avatar
Daryo — LIVE
@daryo_live
09.08.2026 07:34
Ilhom Aliyev Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi

8-avgust kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va AQSH prezidenti Donald Tramp oʻrtasida telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi.

Suhbatda Vashington sammitiga bir yil toʻlgani munosabati bilan Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasidagi tinchlik jarayoni muhokama qilindi. Tomonlar uzoq yillik mojaroga barham berilganini taʼkidladi.

Shuningdek, ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalar, TRIPP transport loyihasi va mintaqada transport bogʻliqligini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Aliyev Trampga Vashington sammitidagi roli va Ozarbayjonni G20 sammitiga taklif qilgani uchun minnatdorlik bildirdi. Tomonlar Ozarbayjon–AQSH strategik sherikligini yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldi.

Eslatib oʻtamiz, 7-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ham Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qilgan edi.
6 4 16.3K

Обсуждение 6

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Daryo — LIVE

59.8K
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — https://daryo.uz/aloqa-malumotlari
Tahririyat — @daryoga_murojaatbot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Открыть в Telegram