avatar
Daryo — LIVE
@daryo_live
09.08.2026 07:34
Ilhom Aliyev Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi

8-avgust kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va AQSH prezidenti Donald Tramp oʻrtasida telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi.

Suhbatda Vashington sammitiga bir yil toʻlgani munosabati bilan Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasidagi tinchlik jarayoni muhokama qilindi. Tomonlar uzoq yillik mojaroga barham berilganini taʼkidladi.

Shuningdek, ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalar, TRIPP transport loyihasi va mintaqada transport bogʻliqligini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Aliyev Trampga Vashington sammitidagi roli va Ozarbayjonni G20 sammitiga taklif qilgani uchun minnatdorlik bildirdi. Tomonlar Ozarbayjon–AQSH strategik sherikligini yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldi.

Eslatib oʻtamiz, 7-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ham Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qilgan edi.
3 2 3K
avatar
Daryo — LIVE
@daryo_live
09.08.2026 06:33
Eronning Mehr agentligi oliy rahnamo Mojtaba Xomanaiy aks etgan ilk videoni e’lon qildi.

@daryo_live
5 12 6.3K
avatar
Daryo — LIVE
@daryo_live
09.08.2026 06:00
Teytlarning advokatlari aka-ukani garov evaziga ozod etishni soʻradi

Advokatlar pasportlarni topshirish hamda joylashuvni kuzatish sharti bilan Endryu va Tristanni Britaniyaga ekstraditsiya qilingunga qadar AQSHda ozodlikka chiqarishni soʻramoqda.

@daryo_live
2 7.4K
avatar
Daryo — LIVE
@daryo_live
09.08.2026 05:51
O‘zbekistondagi davlat tashkilotlari serverlariga kiberhujumlar aniqlandi

Dastlabki tahlillar natijasida ushbu ommaviy kiberhujumlar oqibatida ayrim tashkilotlarning axborot tizimlari zararlangani, jumladan, ayrim server va kompyuterlardagi ma’lumotlar shifrlangani aniqlangan. Hozirda mazkur holatlar yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari davom ettirilmoqda.

@daryo_live
2 7 7.5K
avatar
Daryo — LIVE
@daryo_live
09.08.2026 04:39
Otaning ismini bolaga familiya qilib berish mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda bolaga ota ismini familiya sifatida foydalanishga ruxsat berilishi ko‘zda tutilgan qonun Senat tomonidan ma’qullandi.

@daryo_live
15 21 9.3K
avatar
Daryo — LIVE
@daryo_live
09.08.2026 04:12
Ispaniya Italiyadan kelayotgan yo‘lovchilarning pasporti, fuqaroligi va vizalarini tekshiradi

Madrid o‘z qarorini Rimning xuddi shunday choralariga javob deb atadi. Italiya 31-iyul kuni Marokashdan minglab migrantlar Ispaniyaning Seuta anklaviga ommaviy bostirib kirishi sabab chegara nazoratini kuchaytirgandi.

@daryo_live
2 1 9.3K
avatar
Daryo — LIVE
@daryo_live
09.08.2026 03:44
Andijonda 3 magnitudali zilzila qayd etildi

9-avgust kuni sodir bo‘lgan yer silkinishining sezilish kuchi:
▪️Marhamat, Buloqboshi tumanlarida 2-3 ball.
▪️Asaka, Xo‘jaobod tumanlarida 2 ballni tashkil etdi.

@daryo_live
11 9.6K
avatar
Daryo — LIVE
@daryo_live
09.08.2026 03:40
Oliy sud va Sudyalar oliy kengashi rahbarlari Toshkentda fuqarolarni sayyor qabul qildi

Sayyor qabul davomida 854 ta ish bo‘yicha 1 279 nafar murojaatchi qabul qilindi. Shundan 403 ta ariza va shikoyat qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun qabul qilinib, 410 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi. 41 ta murojaat qabul jarayonining o‘zidayoq ijobiy hal etildi.

@daryo_live
1 6 9.8K
avatar
Daryo — LIVE
@daryo_live
08.08.2026 17:54
Fargʻonada “Mansur Kazanskiy” va sherigi ushlandi

Ular Toshkent shahrida yashovchi fuqaroning 1,2 million dollarlik binosini oʻzlashtirib olib, uni qaytarish evaziga yirik miqdorda pul talab qilgan.

@daryo_live
30 13.5K
avatar
Daryo — LIVE
@daryo_live
08.08.2026 17:35
Eron Hormuzda BAA yonilg‘i kemasiga raketa bilan hujum qildi — Abu Dabi

Birlashgan Arab Amirliklari 8-avgust kuni Eronni Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tayotgan davlat neft kompaniyasiga tegishli kemaga hujum qilganlikda aybladi. Mamlakat hodisani qaroqchilik deb atadi va BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasi buzilganini bildirdi.

Shuningdek, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga tijorat kemalariga hujum qilish hamda suv yo‘lidan iqtisodiy bosim quroli sifatida foydalanish aybi qo‘yildi.

@daryo_live
3 13.7K
avatar
Daryo — LIVE
@daryo_live
08.08.2026 16:19
Daryo — LIVE Фото: Prezident “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” tanlovi gʻoliblarini tabrikladi Ushbu tanlovning dastlabki bosqichida 124 ming nafardan ziyod yoshlar qatnashgan. Hududiy bosqichda ishtirok etgan qariyb 7 ming nafar yigit-qizning 3 ming 500 nafari oʻzini oʻzi band qilgan mahalla yoshlaridir. Tanlov yakunlariga koʻra, oʻnta kasb yoʻnalishida eng yuqori natijaga erishgan 120 nafar ishtirokchi gʻolib va sovrindor deb topilgan. @daryo_live
Sherzod Asadov “Humo Arena”dagi marosimda prezident tabrigini o‘qib eshittirdi

Tabrikda tanlov g‘oliblari va yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar orasidan O‘zbekiston terma jamoasini shakllantirib, ularni “WorldSkills International” xalqaro kasbiy mahorat musobaqasida munosib ishtirok etishga tayyorlashni hozirdan boshlash zarurligi qayd etilgan.

@daryo_live
5 14K
avatar
Daryo — LIVE
@daryo_live
08.08.2026 16:06
Prezident “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” tanlovi gʻoliblarini tabrikladi

Ushbu tanlovning dastlabki bosqichida 124 ming nafardan ziyod yoshlar qatnashgan. Hududiy bosqichda ishtirok etgan qariyb 7 ming nafar yigit-qizning 3 ming 500 nafari oʻzini oʻzi band qilgan mahalla yoshlaridir. Tanlov yakunlariga koʻra, oʻnta kasb yoʻnalishida eng yuqori natijaga erishgan 120 nafar ishtirokchi gʻolib va sovrindor deb topilgan.

@daryo_live
3 13.9K
avatar
Daryo — LIVE
@daryo_live
08.08.2026 15:12
Samarqand shahri hududiga qoʻshni tumanlardan qariyb 17,2 ming gektar yer qoʻshib beriladi

Samarqand shahrining maʼmuriy chegaralarini kengaytirish maqsadida qoʻshni Oqdaryo, Past Dargʻom, Toyloq va Samarqand tumanlaridan yer ajratilishi maʼlum qilindi.

@daryo_live
1 16 13.9K
avatar
Daryo — LIVE
@daryo_live
08.08.2026 14:59
Zelenskiy AQSH har oy Ukrainaga Patriot raketalarini yetkazib berishini aytdi

Tramp avvalroq bu kabi qurollar Qo‘shma Shtatlarning o‘ziga ham kerakligini ta’kidlab, Kiyevni bu qurol bilan ta’minlashni rad etgandi. Ukraina prezidenti yana uchta davlat bilan raketalar bo‘yicha muzokara ketayotganini ma’lum qildi.

@daryo_live
2 1 13.7K
avatar
Daryo — LIVE
@daryo_live
08.08.2026 13:48
Moskvaning Sheremetyevo aeroportida reysga kechikkan ikki yo‘lovchi samolyotni uchish-qo‘nish yo‘lagida to‘xtatishga urindi.

@daryo_live
12 28 14K
avatar
Daryo — LIVE
@daryo_live
08.08.2026 13:18
Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanida parvozlarning qidiruv-qutqaruv faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha idoralararo keng koʻlamli oʻquv mashgʻuloti o‘tkazildi

Simulyatsion favqulodda holat oqibatlarini bartaraf etish uchun 250 ga yaqin mutaxassis va idoralararo tuzilmalarning 25 ta maxsus texnikasi jalb qilindi.

@daryo_live
2 4 13.8K

Daryo — LIVE

59.8K
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — https://daryo.uz/aloqa-malumotlari
Tahririyat — @daryoga_murojaatbot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Открыть в Telegram