avatar
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali
@customschannel
15.04.2026 06:57
Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i A.Do‘styorov “BEST FLOUR” MChJ korxonasining ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Tadbirda korxona vakillari bilan bojxona organlari tomonidan joriy etilgan tezkor va qulay bojxona rasmiylashtiruvi, import qilinayotgan texnologik uskunalar hamda xom-ashyoning o‘z vaqtida yetkazib berilishi, shuningdek tadbirkorlar uchun yaratilgan yengilliklar bo'yicha o'zaro fikr almashildi.

Ma’lumot uchun, 2026 yilning o‘tgan davri mobaynida mazkur korxona tomonidan xorijdan olib kelingan qayta ishlash asbob-uskunalari hamda 10 partiya ko‘mir xom ashyo mahsulotlari qiymati 4 884,2 ming AQSh dollarini tashkil etdi. Yetkazib berilgan ko‘mirdan mahalliy qo‘shimchalar yordamida zamonaviy ko‘rinishdagi, tejamkor, foydalanish uchun qulay hamda ekologik xavfsiz bo‘lgan bloklangan ko‘mir mahsuloti ishlab chiqarilib, olis qishloqlar va energiya uzilishlari ko‘p bo‘lgan hududlarning maktab, bog‘cha hamda tibbiyot muassasalari kabi davlat muhofazasidagi ijtimoiy obyektlarida qo‘llanilmoqda.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, bojxona organlari tomonidan yaratilayotgan qulay sharoitlar va berilayotgan imtiyozlar ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Bu esa hududning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, aholi daromadlarini oshirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muvozanatni saqlash hamda iqlim o‘zgarishi ta’sirini kamaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bojxona organlari bilan hamkorlikda yanada jadallashmoqda.


Bojxona organlari tomonidan ichki ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga yaratilayotgan qulayliklar viloyatda ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulot sifatini yangi bosqichga olib chiqish hamda eksport salohiyatini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
3 2.6K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali

22.5K
Bojxona qo’mitasi
www.bojxona.uz
Bog’lanish uchun ishonch telefoni – 11-08
Toshkent shahri Islom Karimov ko’chasi 3-uy
e-mail: info@customs.uz
https://www.facebook*.com/UZDBQ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram