avatar
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali
@customschannel
15.04.2026 06:57
Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i A.Do‘styorov “BEST FLOUR” MChJ korxonasining ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Tadbirda korxona vakillari bilan bojxona organlari tomonidan joriy etilgan tezkor va qulay bojxona rasmiylashtiruvi, import qilinayotgan texnologik uskunalar hamda xom-ashyoning o‘z vaqtida yetkazib berilishi, shuningdek tadbirkorlar uchun yaratilgan yengilliklar bo'yicha o'zaro fikr almashildi.

Ma’lumot uchun, 2026 yilning o‘tgan davri mobaynida mazkur korxona tomonidan xorijdan olib kelingan qayta ishlash asbob-uskunalari hamda 10 partiya ko‘mir xom ashyo mahsulotlari qiymati 4 884,2 ming AQSh dollarini tashkil etdi. Yetkazib berilgan ko‘mirdan mahalliy qo‘shimchalar yordamida zamonaviy ko‘rinishdagi, tejamkor, foydalanish uchun qulay hamda ekologik xavfsiz bo‘lgan bloklangan ko‘mir mahsuloti ishlab chiqarilib, olis qishloqlar va energiya uzilishlari ko‘p bo‘lgan hududlarning maktab, bog‘cha hamda tibbiyot muassasalari kabi davlat muhofazasidagi ijtimoiy obyektlarida qo‘llanilmoqda.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, bojxona organlari tomonidan yaratilayotgan qulay sharoitlar va berilayotgan imtiyozlar ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Bu esa hududning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, aholi daromadlarini oshirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muvozanatni saqlash hamda iqlim o‘zgarishi ta’sirini kamaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bojxona organlari bilan hamkorlikda yanada jadallashmoqda.


Bojxona organlari tomonidan ichki ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga yaratilayotgan qulayliklar viloyatda ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulot sifatini yangi bosqichga olib chiqish hamda eksport salohiyatini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
3 2.6K
avatar
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali
@customschannel
15.04.2026 06:41
#dori_tezkor

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan Urganch tumanida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, ushbu tumanda yashovchi fuqaroning uyi va yordamchi xo‘jaliklari ko'zdan kechirildi.


Natijada fuqaro yashash xonadonida noqonuniy tarzda salkam 600 mln. so‘mlik 90 turdagi jami 11 795 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalarini keyinchalik sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
2 2.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali
Переслано от канала
15.04.2026 10:47
Божхонадан ёнғоқлар ичига гиёҳванд моддалар яшириб олиб ўтиш ҳолати фош этилди.

@yangidavr_rasmiy
5 1.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali
@customschannel
15.04.2026 07:37
15-aprel - O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni!

Shu munosabat bilan Bojxona qo‘mitasi Rahbariyati va shaxsiy tarkibi Madaniyat vazirligi va madaniy jamoalarni, san’at va madaniy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan barcha ijodkorlarni kasb bayramlari bilan qizg‘in muborakbod etadi!

Madaniyatni rivojlantirish, tarixiy va madaniy merosni asrab-avaylash, xalq ijodiyotini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, milliy san’atimizni keng targ‘ib qilish yo‘lida barchangizga kuch-quvvat va ulkan zafarlar tilab qolamiz!
27 3K
avatar
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali
@customschannel
15.04.2026 07:32
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati

Donolar bisotidan


Madaniyatni meros sifatida olib bo'lmaydi, u o'zlashtiriladi!

Andre Malro
6 2K
avatar
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali
Переслано от Shavkat Mirziyoyev_press-service
14.04.2026 21:53
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание, посвященное проводимой работе и приоритетным задачам в сфере жилищного строительства и урбанизации.

#Mirziyoyev #videoselektor #urbanizatsiya #qurilish

Prezident.uz|Facebook*|Instagram*|YouTube|X
4 1.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali
@customschannel
14.04.2026 20:27
Bojxona qo‘mitasining Markaziy bojxona laboratoriyasi tomonidan Qozog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat daromadlari qo‘mitasi Markaziy bojxona laboratoriya vakillari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazildi.

Unda asosiy e’tibor ikkala davlat bojxona xizmatlari rahbarlari o‘rtasida 2025-yil 22 may kuni imzolangan 2025–2026 yillarga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlik rejasidagi tadbirlar ijrosiga qaratildi.

Jahon bojxona tashkilotining mintaqaviy maqomiga ega Markaziy bojxona laboratoriyasi tomonidan qozog‘istonlik hamkasblariga bojxona organlarida sud-ekspertiza sohasini tashkil etish va rivojlantirishga qaratilgan muhim axborot va tavsiyalar taqdim qilindi.

Xususan, giyohvandlik vositalar, psixotroplar va perekursorlar hamda kuchli ta’sir etuvchi moddalar ekspertizasini joriy etishning kompleks tashkiliy, huquqiy va texnik jarayonlari batafsil tushuntirildi.

Bunda huquqiy-meyoriy bazani shakllantirishda milliy qonunchilikda aks ettirish zarur bo‘lgan normalar, laboratoriya infratuzilmasini tashkil etish, texnik jihozlash, kadrlar tayyorlash va malaka oshirish, validatsiya va sifat nazorati tizimini joriy etish, o‘zaro idoralararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda axborot bazalari va ma’lumotlar bilan ta’minlash orqali amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etish mexanizmlari to‘g‘risida taqdimotlar qilindi.

Qizg‘in muhokamalarga boy uchrashuv qo‘shni davlat ekspertlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar noqonuniy narkotik vositalar aylanmasiga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan professional hamkorlikni yanada mustahkamlash, tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirish muhimligini ta’kidladilar.

Shuningdek, kelgusi uchrashuvning mavzu va sanasi ham belgilab olindi.
11 2.4K

O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali

22.5K
Bojxona qo’mitasi
www.bojxona.uz
Bog’lanish uchun ishonch telefoni – 11-08
Toshkent shahri Islom Karimov ko’chasi 3-uy
e-mail: info@customs.uz
https://www.facebook*.com/UZDBQ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram