avatar
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali
@customschannel
14.04.2026 20:11
#yoshlar_bilan_muloqot

Bojxona qo‘mitasi xodimlari Webster universitetidagi “Karyera ko‘rgazmasi”da ishtirok etishdi


O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi hamda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari Toshkent shahridagi Webster universitetida tashkil etilgan “Karyera ko‘rgazmasi”da faol ishtirok etishdi.

Tadbir doirasida universitetning bitiruvchi kurs talabalariga bojxona xizmati faoliyati, uning asosiy vazifalari va imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumotlar taqdim etildi. Shuningdek, yoshlarni bojxona organlarida xizmat qilishga jalb etish maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi.

Talabalar tomonidan bojxona sohasiga katta qiziqish bildirilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar.

Shu bilan birga, universitet rektori professor Jean Paul van Marissing bilan uchrashuv o‘tkazilib, universitet va Bojxona qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, kadrlar tayyorlash va amaliyot dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
11 2K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali

22.5K
Bojxona qo’mitasi
www.bojxona.uz
Bog’lanish uchun ishonch telefoni – 11-08
Toshkent shahri Islom Karimov ko’chasi 3-uy
e-mail: info@customs.uz
https://www.facebook*.com/UZDBQ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram